Dunyoda

Raul Kastro Barak Obamaning "akalik" qilishiga yoʻl qoʻymadi

Barak Obama Kuba rahbarining yelkasiga “akalarcha” shapillatmoqchi boʻlganida, noqulay vaziyatga tushib qoldi. Raul Kastro Obamaning qoʻlini chaqqonlik bilan tutib olib boshi ustida baland koʻtarib silkitdi. Voqea oʻnlab jurnalistlar va kameralar oldida roʻy berdi.

TOSHKENT, 22 mar – Sputnik. Barak Obama Kubaga boʻlgan tashrifi davomida noqulay vaziyatga tushib qoldi, RIA novosti xabari asosida.

AQSH va Kuba rahbarlari oʻtkazgan matbuot anjumanidan keyin Obama Kastroning yelkasiga “akalarcha” shapillatmoqchi boʻldi. Raul Kastro oʻgirilmasdan turib Obamaning qoʻlini chaqqonlik bilan tutib oldi va  boshi ustida baland koʻtarib silkitdi. Voqea oʻnlab jurnalistlar va kameralar oldida sodir boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, kecha Barak Obama Kubaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Bu oxirgi 90 yil davomida AQSH rahbarlarining Kubaga boʻlgan birinchi tashrifi. AQSH prezidentining soʻzlariga qaraganda bu tashrif ikki mamlakat orasidagi sovuq urushning butkul yakunlanganining ramzidir.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala