JCh-2018 O‘zbekiston - Filippin o‘yini oldidan

© Federatsiya futbola UzbekistanaSamvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi
Samvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Samvel Babayanning so‘zlariga qaraganda, Filippin jamoasini tajribali mutaxassis shug‘ullantirmoqda. O‘zbekiston jamoasi o‘z muxlislariga chiroyli futbol namoyish qilish niyatida, lekin birinchi o‘rinda, albatta natija. Terma jamoa birinchi o‘ringa to‘plash uchun uchun ochko olish havodek zarur.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Payshanba 24-mart kuni, O‘zbekiston terma jamoasi eng yilning asosiy ikki o‘yinidan birni o‘tkazadi. Jamoa Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Filippin terma jamoasi bilan uchrashadi.

Match oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Samvel Babayan va Tomas Duli jamoalar oldida turgan vazifalar haqida so‘zlab berishdi.

Samvel Babayanning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston terma jamoasi qiziqarli, hujumchi futbol namoyish qilish niyatida. Barcha e’lon qilingan futbolchilar maydonga chiqishga tayor, jamoa kayfiyati yaxshi va g‘alabaga intilish kuchli.  

“Bizni tajribali mutaxassis boshqarayotgan jamoa bilan uchrashuv kutmoqda. Biz, albatta muxlislarimizga chiroyli futbol ko‘rsatish niyatidamiz, lekin birinchi o‘rinda natija. Bizga ochko to‘plash havodek zarur”, — dedi Babayan.

Tomas Duli bo‘lsa, butun anjuman davomida jurnalistlarga uning jamoasi uchun bo‘lajak o‘yinda hech qanday imkoniyat yo‘q degan fikrni uqtirmoqchi bo‘lganday ko‘rindi. Bu albatta uning kichik makri bo‘lishi mumkin, axir zamonaviy futbol bunday makrlarga boy.

“Men realistman, rostini aytganda O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bizda imkoniyat ko‘p emas, lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz qo‘limizdan kelganicha yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bunda futbol uchun ideal ob-havo ham bizga yordam beradi”, — dedi Filippin jamoasining bosh treneri.

O‘zbekiston va Filippin orasidagi match Toshkentning “Bunyodkor” stadionida 24-mart kuni soat 18:00 boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgi Jahon Chempionatida saralovchi o‘yinlar natijalari hozircha shunday: Shimoliy Koreya — 7 o‘yinda 16 ochko, O‘zbekiston — 6 o‘yinda 15 ochko, Filippin — 6 o‘yinda 7 ochko to‘plagan.

Yangiliklar lentasi
0