Politsiyachilar Brusselda teraktlarni amalga oshirgan hudkush-terrorchi "vasiyati"ga duch kelishdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishBrusselda xavfsizlik choralari kuchaytirilishi
Brusselda xavfsizlik choralari kuchaytirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Brusselning Skarbek kommunasi, Maks Roz ko‘chasida tintuv o‘tkazayotgan politsiyachilar kamikadze-terrorchi “Ibrohim al Bakruy vasiyati”ga duch keldilar, deb xabar qilmoqda Belgiya Bosh prokurori Frederik van Lev.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik, Aleksandr Shishlo. Brusselning Skarbek kommunasi, Maks Roz ko‘chasida tintuv o‘tkazayotgan politsiyachilar kamikadze-terrorchi “Ibrohim al Bakruy vasiyati”ga duch keldilar, deb xabar qilmoqda Belgiya Bosh prokurori Frederik van Lev.

Brusseldagi portlashda halok bo‘lganlarning yaqinlari. - Sputnik O‘zbekiston
Brusselda terakt uyushtirganlar shaxsi ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Ibrohim al Bakruy Brussel aeroportida portlashni amalga oshirgan hudkush-terrorchilardan biri sifatida identifikatsiya qilingan edi.

"U (al Bakruy — tahr.) shoshilishi zarurligi, shu bois, nima qilishni bilmay boshi qotayotgani haqida yozgan. Shuningdek, uni qidirishayotgani, hayoti xavf ostida ekanligi to‘g‘risida ham aytib o‘tgan. Bir joyda qolib ketsa, qamoqxonaga tushishidan havotir olgan”, — deb hikoya qildi jurnalistlarga prokuror Brusselda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 22-mart kuni ertalab Brussel xalqaro aeroportida ketma-ket ikkita portlash sodir etildi. Brussel hukumati ushbu portlashlarda bir nechta hudkush-terrorchilarning qo‘li bor, deb hisoblamoqda.
RTBF teleradiokanali berayotgan xabarga ko‘ra, ularning ikkitasi shaxsi aniqlangan. Ular aka-uka Ibrohim va Xolid al Bakruylar ekanligi e’lon qilindi.
Brusselda amalga oshirilgan portlashlar uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Brusselda amalga oshirilgan teraktlar natijasida, jami 34 kishi halok bo‘lgan, 250 kishi jarohat olgan.
Teraktlar tufayli Belgiyada favqulodda holat e’lon qilingan hamda terrorchilik xavfi o‘ta yuqoriligi tufayli qirol oilasi mamlakatdan evakuatsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0