Rossiya va O‘zbekiston sobiq SSSRga oid moliyaviy da’volardan voz kechishdi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishG‘alabaning 68-yilligiga bag‘ishlangan miting
G‘alabaning 68-yilligiga bag‘ishlangan miting - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar sobiq SSSR mulkini bo‘lish va O‘zbekistonga 1992-1993 yillarda berilgan kreditlar bo‘yicha barcha o‘zaro da’volardan voz kechishdi. Imzolangan shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyaga 25 mln $ to‘lashi kerak, xolos.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari qo‘mitasi, parlamentning quyi palatasiga Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari orasidagi o‘zaro moliyaviy da’volar haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish haqida qonun qabul qilishni maslahat berdi. Davlat Dumasida ushbu qonun 25-mart kuni muhokamaga chiqarilishi mumkin.

2014 yilning 10-dekabrida Toshkentda imzolangan Shartnoma O‘zbekistonning 865 mln dollar qarzi o‘rniga Rossiyaga faqat 25 mln dollar to‘lashni ko‘zda tutgan. Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston o‘zining sobiq SSSRning Olmoslar fondini bo‘lish haqidagi talabidan voz kechadi.

Rossiya tomoni hisob-kitobiga ko‘ra, 2014-yilning 1-noyabrida O‘zbekistonning Rossiyadan qarzi 889,3 million AQSh dollarni tashkil qildi. Undan asosiy qarz miqdori 500 mln dollar, protsentlar 388 mln dollar. O‘zbekiston faqat uning bir qismini – 43 mln dollarini to‘lashni va sobiq SSSRning Olmos fondini bo‘lib olishni taklif qilgan edi.

Muzokaralar davomida tomonlar sobiq SSSR moliyaviy munosobatlari va O‘zbekistonga 1992-1993 yillarda berilgan kreditlar bo‘yicha bir-biriga bo‘lgan barcha da’volardan voz kechishdi. Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, bir oy davomida O‘zbekiston Rossiyaga faqat 25 mln $ to‘lashi kerak, xolos.

Yangiliklar lentasi
0