Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada muhandislik to‘siqlarni barpo qilmoqda

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston tomonni o‘z chegarasida muhandislik inshootlarini barpo qilishni boshlagani haqida ogohlantirdi. Chegaraning umumiy uzunligidan 324 km belgilanmagan hudud qolgani ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaraning kelishilgan qismlarida muhandislik inshootlarini barpo qilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti "Vecherniy Bishkek" nashriga tayangan holda.
Bu haqda Qirg‘iziston hukumati chegarani delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Qurbanbay Iskandarov bayonot bergan.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat tufayli ShHTga boykot e’lon qilmoqchi

Chegarani aniqlash ishlari yakuniga yetgunga qadar, hech qanday ishlar o‘tkazilmaslikka kelishilganiga qaramay, O‘zbekiston chegaraning 600 km ni tikanli sim bilan o‘rab chiqdi, deb bayonot bermoqda Qirg‘iziston hukumati.

"Chegaraning umumiy uzunligidan 324 kilometrga ega hudud belgilanmagan. Shu bois, chegaraning aniqlangan hududlarida muhandislik inshootlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni o‘tkazmoqdamiz va bu haqda O‘zbekiston tomonni ogohlantirapmiz”, — deb bayonot berdi Iskandarov.

Qirg‘iziston hukumati sal oldin O‘zbekiston chegaraning belgilanmagan qismidan o‘z harbiy texnikasini olib chiqib ketganidan so‘ng, ikki o‘rtada muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart juma kuni Qirg‘iziston chegara xizmati O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada ikkita BTR va 40ga yaqin harbiylarni joylashtirgani haqida xabar bergan edi. O‘zbekiston Chegarani qo‘riqlash xizmati bu xabarga Navro‘z bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deya izoh bergan edi.
Sal vaqt o‘tgach, O‘zbekistonga javob tarzida Qirg‘iziston ham o‘z chegarasida harbiylar sonini ko‘paytirdi va o‘z BTRlarini joylashtirdi. Hamda O‘zbekiston belgilanmagan chegara hududidan harbiy texnikalari va askarlarini olib chiqib ketish talabini qo‘ydi.
O‘zbekiston Davlat Chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi “sanab o‘tilgan harbiy texnikalar O‘zbekiston hududida joylashtirilgan, davlat chegarasini qo‘riqlash esa ikkiyoqlama kelishuv asosida, belgilanmagan chegara hududiga kirilmagan tartibda amalga oshirilmoqda”, deya ta’kidladi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0