Dunyoda

Kerri Lavrovni 39 yoshi bilan tabriklab, "oʻzingdan kattalarni hurmat qil" deya uqtirdi

© Sputnik / Eduard Pesov / Fotobankka oʻtishRossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSH Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi
Rossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSH Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Davlat kotibi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni 66 yoshga toʻlgani bilan muborakbod etdi. Tabriklardan soʻng diplomatlar yosh borasida oʻzaro hazil-huzul qildilar, dedi jurnalistlarga Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sergey Lavrov va Jon Kerri uchrashuvi tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi. Zaxarovaning soʻzlariga qaraganda, suhbat avvalida AQSH Davlat kotibi Rossiya Tashqi ishlar vazirini tavallud ayyomi bilan muborakbod etgan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kerri: Rossiya va AQSH kelishmovchiliklarga qaramasdan hamkorlik qila oladi

"Bugungi suhbatimiz muvaffaqiyatli boʻladi, deb umid qilaman. Shu fursatdan foydalanib, seni tugʻilgan kuning bilan tabriklamoqchiman. Bu sana senga ushbu muzokaralarni olib borish uchun qoʻshimcha donolik bagʻishlaydi, deb umid qilaman. 39 yosh uchun koʻrinishing juda binoyi", — dedi Kerri.

Rossiya va AQSH diplomatiya rahbarlari shundan soʻng oʻzaro hazil-huzul qildilar. “Rahmat, Djon, ammo, agar donolik tugʻilgan kunlar soni bilan oʻlchanadigan boʻlsa, seni quvib ham yetolmasligim aniq",- dedi Lavrov.
Lavrov tomonidan aytilgan soʻzlar delegatsiya orasida kulgi uygʻotdi. "Muhimi, oʻzingdan kattani hurmat qilsang, boʻlgani",- boʻsh kelmadi Kerri.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov 21 mart kuni 66 yoshni qarshi oldi, Djon Kerri esa oʻtgan yil soʻngida 72 yoshga toʻldi.
Kerri Rossiya poytaxti Moskva shahriga kuni kecha ikki kunlik safar bilan keldi. Shu yil hisobidan Kerri uchinchi bor Rossiyaga tashrif buyurmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala