Dunyoda

Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi

© REUTERS/Carlos BarriaAQSH prezidenti Barak Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi
AQSH prezidenti Barak Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi - Sputnik Oʻzbekiston
Ishq raqsini ijro etayotgan Barak Obama boshqa erkak bilan vals tushayotgan rafiqasidan koʻzini uzmadi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik.   AQSH prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Argentina prezilenti Maurisio Makri qabulida ayro-ayro hamrohlar bilan tango raqsini ijro etishdi. Qabul Buenos-Ayres shahrida oʻtdi, deb xabar qiladi RIA Novosti Assoshieyted Press agentligiga asoslangan holda.

Amerika rahbari, avvaliga oʻzini raqsga taklif qilgan ayolga  rad javobini berdi, ammo bir oz ikkilanishdan soʻng, rozi boʻldi va raqs maydoniga chiqdi. Obamaning rafiqasi Mishel bu paytda begona erkak bilan vals tushayotgan edi.

Obama chorshanba kuni Argentinaga rasmiy tashrif uyushtirgan edi. U soʻnggi 19 yil ichida Lotin Amerikasiga tashrif uyushtirgan birinchi AQSH prezidenti boʻldi.
Shu kuni ertalab Obama ishtirokidagi boshqa bir video ham internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi. Gap shundaki, Amerika prezidenti Kubaga tashrifi doirasida matbuot-anjuman oʻtkazdi. Anjuman yakunida Obama Ozodlik oroli rahbarining yelkasini “urib qoʻymoqchi” boʻlganida, Raul Kastro bunga yoʻl qoʻymadi. Kastro Obamaning qoʻlini tutib qolib, u bilan havoda silkidi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala