Dunyoda

Rokfeller fondi neft sohasiga sarmoya kiritishdan voz kechdi

Rokfeller fondi, dunyoning yirik ExxonMobil kompaniyasiga sarmoya kiritishdan voz kechdi. Fondning fikriga koʻra, ExxonMobil iqlim oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni buzib koʻrsatib, jahon hamjamiyatini yanglishtirgan.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Amerikaning eng boy sulolasi boʻlgan Rokfellerlar oilaviy fondi qisqa vaqt ichida oʻz sarmoyalarini uglevodorodlar sohasidan olib chiqishni rejalashtirgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Aslida, Rokfellerlar oilasi salkam bir asr davomida ExxonMobil kompaniyasi orqali moʻmaygina pul ishlab topgan. Xususan, AQSH tarixida eng boy kishi boʻlgan, Djon Rokfeller koʻp yillar davomida Standard Oil kompaniyasining taʼsischisi boʻlgan.  Standard Oil keyinchalik ExxonMobilga aylangan.  

Endi boʻlsa, Rokfeller fondi “ExxonMobil oʻn yillar davomida, iqlim oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni buzib koʻrsatish orqali, jamiyatga qarshi faoliyat yuritgan. Shuning uchun, bu kompaniyaga va umuman bu sohaga sarmoya kiritish — axloqsizlik boʻladi”, — demoqda.   

“Jahon hamjamiyati qazib olinadigan yonilgʻi manbaalarini kamaytirish ustida ishlayotgan bir vaqtda, bu sohada ishlayotgan korxonalarga sarmoya kiritish – maʼnaviyatga qarshi ish boʻladi”, — deyilgan fond xabarida.

Fond maʼlum qilishicha, ExxonMobil kompaniyasi 1980 yillardan beri iqlim oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni buzib koʻrsatib jahon hamjamiyatini ataylab yanglishtirgan.  Fond, ExxonMobil kompaniyasi tarkibidan chiqishdan tashqari, neft va koʻmir sohasidagi barcha sarmoyalarni chiqarishga farmoyish berdi. Natijada hozirgi kunga kelib fondning sarmoya portfelida uglevodorodlar sohasiga kiritilgan sarmoyalar 1% dan kamini tashkil qildi.

ExxonMobil kompaniyasi, oʻz navbatida OAVga Rokfellerlar oilasining bunday qarori ular uchun yangilik emasligini va Rokfellerlar oilasi bir necha vaqtdan beri kompaniyaga qarshi qaratilgan faoliyat yuritayotganini xabar berdi.

Oʻtgan yili Nyu-York shtati prokuraturasi ExxonMobil ustidan tekshiruv oʻtkaza boshladi. Ekologlar maʼlumotiga koʻra, ExxonMobil iqlim oʻzgarishi muammosi borligini inkor qiluvchi kampaniyalar uyushtirgan. Bunday kampaniyalar jahon hamjamiyatini doimiy ravishda yanglish xulosalarga olib kelgan. 

ExxonMobil vakilari boʻlsa bunday ayblovlarni boʻyniga olmadi va ular faqat oʻnlab yillar davomida iqlim oʻzgarishi muammosini oʻrgangani va ilmiy ish natijasida toʻplangan maʼlumotlarni taqdim etganligini taʼkidlashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala