Dunyoda

Lavrov: Rossiya va AQSH hamkorligi Suriyada gʻalaba qozonishga yoʻl ochmoqda

Rossiya va AQSH Suriya mojarosiga jalb qilingan tomonlar manfaatlarida muvozanatni shakllantirish, tenghuquqlilik asosida hamkorlik qilib kelgan, deb taʼkidladi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik.  Moskva va Vashington hamkorligi Suriya mojarosini hal qilishga, manfaatlar muvozanatini shakllantirishga yoʻl ochib berdi, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

Rossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSH Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kerri Lavrovni 39 yoshi bilan tabriklab, "oʻzingdan kattalarni hurmat qil" deya uqtirdi

"Rossiya va Amerika hamkorligi naqadar muhimligi haqida aytgan gaplaringga toʻliq qoʻshilaman: Suriya boʻyicha hamkorligimiz, qatʼiyatimiz zafar qozonish imkonini berdi, biz hamisha tenghuquqlilik asosida ishlab kelganmiz va shunday ishlashda davom etyapmiz ", — dedi Lavrov AQSH Davlat kotibi Jon Kerri bilan Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida.
Lavrov, aynan tenghuquqlilik asosida qurilgan hamkorlik “omad kaliti” boʻlganini taʼkidladi.
"Aminmanki, agar ushbu usulni boshqa istalgan xalqaro muammolarga hamda oʻrtadagi ikki tomonlama munosabatlarimizga nisbatan qoʻllasak, kelajagimiz unchalik ham yomon boʻlmaydi", — dedi Rossiya TIV rahbari.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Jon Kerri ikki kun davomida Suriya mojarosi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyat hamda Ukraina masalasi boʻyicha muhokama oʻtkazishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala