Dunyoda

Ukraina prezidenti futbol boʻyicha terma jamoa aʼzolariga qurol sovgʻa qildi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Fotobankka oʻtishUkraina prezidenti P. Poroshenko
Ukraina prezidenti P. Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina prezident Poroshenko futbol boʻyicha terma jamoasi aʼzolari uchun antiqa sovgʻa tanladi – Yevro-2016 final bosqichiga chiqqani uchun ukrainalik futbolchilarning har biri oʻz ismi yozilgan qurol bilan taqdirlandi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik.  Ukraina terma jamoasining toʻqqiz nafar futbolchisi Pyotr Poroshenkodan oʻz ismi yozilgan qurolni sovgʻa sifatida qabul qildi. Terma jamoa Yevro-2016 final bosqichiga chiqqani uchun jamoa bosh murabbiyi hamda Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti ham xuddi shunday sovgʻa bilan taqdirlandi, deb xabar qiladi mahalliy OAV.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oʻrtalarida Ukraina Mudofaa vaziri bir qator siyosatchilarga mukofot tarzida qurol sovgʻa qilgani mamlakatda katta janjal avj olishiga sabab boʻlgan edi.
Jumladan Arseniy Yatsenyuk “gangsterlar yoqimtoyi” – Tompson toʻpponcha-pulemyot va unga qoʻshimcha tarzida 203ta oʻqni sovgʻa sifatida olgan edi.
Frantsiyada 10 iyundan 10 iyulga qadar oʻtkazilishi kutilayotgan turnirning final bosqichida Ukraina termasi Germaniya, Polsha va Shimoliy Irlandiya jamoalari bilan uchrashadi.

Rossiya Dumasi deputati Irina Yarovaya, endi FIFA futbol qoidalariga oʻzgartirish kiritib, sudyalarga bronejilet berilishini taʼminlashi lozim, deb taʼkidlamoqda.

“Sportga xuddi urushga nisbatan munosabatda boʻlish – Yevromaydon yetakchisining Yevropa madaniy boyligiga qoʻshgan yangi hissasidir”, — deb yozgan deputat oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala