Iqtisod

Oʻzbekiston Rossiyada savdo uylari tashkil qiladi

Moskva, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Kaliningrad va Vladivoston shaharlarida Oʻzbekiston savdo uylari tashkil qilish rejalashtirilgan. 2016 yilning birinchi oylarida Rossiyaga mahsulot yetkizib berish boʻyicha birinchi shartnomalar imzolandi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyada meva sabzavot sotishga ixtisoslashgan savdo uylari tashkil qilish niyatida, xabar berdi “Oʻzulugurjisavdoinvest” vakili Sputnik muxbiriga.

Bugungi kunda Rossiyada uchta shunday savdo uylari ishlamoqda – moskvada ikkita va Novosibirskda. Yaqin orada Rossiyaning turli regionlarida yana bir necha shunday savdo uylari tashkil qilish rejalashtirilgan.  

“Biz birinchi savdo uylarini  joylashtirish  uchun bekorga Moskva va Novosibirskni tanlamadik. Poytaxt – bu savdo markazi. Bu yerda barcha yirik ulgurji savdo kompaniyalari ofislari jamlangan. Moskva orqali Pribaltika va Skandinaviya mamlakatlariga chiqish ham oson. Novosibirskdagi savdo uyi Rossiyaning oʻrta qismi va Uzoq Sharq regioni uchun javob beradi. Keyinchalik biz bu yoʻnalishni faol rivojlantiramiz”, — dedi suhbatdosh.

Uning soʻzlariga qaraganda 2014 yil ikki mamlakat munosobatlarida uygʻonish davri boʻldi. Sabzavot mahsulotlari hajmida oʻsish kuzatildi, lekin ulkan natijalarga erishilmadi.

Bunga qaramasdan koʻplab muzokaralar oʻtkazildi, hamkorlar bir-birini oʻrganishdi. Rossiyaliklar Oʻzbekistonga kelishdi va mahsulot sifatini bogʻ va dalalarda koʻrishdi. Saqlash va logistika tizimini oʻrganishdi. 2016 yilning birinchi oylarida Rossiyaga mahsulot yetkizib berish borasida yangi shartnomalar tuzildi.

“Bugun biznng savdo uylarimizga, oʻzbek mahsulotning sifatini koʻrgan va katta hajmda sotib olishga tayor boʻlgan koʻplab mijozlar kelmoqda. Sotib olinayotgan mahsulot hajmi 5 tonnadan 20 ming tonnani tashkil qilmoqda. Olma, olxoʻri, olcha, gilos va boshqa mevalar eng koʻp talab qilinmoqda. Qovunga alohida talab. Mijozlar talabiga javob berish uchun biz Gʻuzorda 200 gektarlik alohida eksperimental plantatsiya ochdik. Talab koʻp boʻlganligi uchun bu yil biz uning maydonini 400 gektargacha koʻpaytiramiz”, — dedi vakil.

"zulgurjisavdoinvest" bir vaqtning oʻzida Xitoy va Hindistonda ham shunday savdo uylari ochishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala