Bosh prokuratura yangi saytini taqdim etdi

© prokuratura.uzO‘zbekiston bosh prokuraturasining yangi sayti
O‘zbekiston bosh prokuraturasining yangi sayti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi chorshanba kuni o‘zining prokuratura.uz manzilida joylashgan yangi sayti taqdimotini o‘tkazdi.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi chorshanba kuni o‘zining prokuratura.uz manzilida joylashgan yangi sayti taqdimotini o‘tkazdi, gazeta.uz xabari asosida.

«Saytning yangi talqini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan», — dedi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Rahimova. Saytning mobil talqini va imkoniyati cheklangan uchun versiyasi ham paydo bo‘ldi.

Yangi «Faoliyat» blokida prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoyalash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi axborotlar joylashtiriladi.

Saytda hududiy prokuraturalar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining sahifalari ham taqdim qilingan. Endilikda hududiy yangiliklar, prokurorlik nazoratiga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

«Interaktiv xizmatlar» bloki orqali foydalanuvchilar prokuraturalarda fuqarolarni qabul qilish jadvallari bilan tanishishi va internet-qabulxona orqali murojaat yuborishi mumkin. «Huquqiy konsultatsiya» bo‘limi orqali bepul huquqiy maslahat olish imkoniyati yaratildi.

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari «Hujjatlar», qonunchilikdagi o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar hamda ijtimoiy munosabatlarning turli sohalariga oid amaldagi qonunchilikka tushuntirishlar «Yangi qonunlar» bo‘limlariga joylashtirilgan.

Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan informatsion teledasturlar, roliklar hamda fotogalereyadan iborat «Mediateka» alohida bloki yaratildi.

Yangiliklar lentasi
0