Rim papasi qochqinlarning oyog‘ini yuvib va o‘pib qo‘ydi

© REUTERS / OSSERVATORE ROMANORim Papasi qochqinlarning oyog‘ini yuvib qo‘ymoqda
Rim Papasi qochqinlarning oyog‘ini yuvib qo‘ymoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rim papasi Fransisk Vaqtinchalik yashash markazida 11 nafar qochqinlarning oyog‘ini yuvib va o‘pib qo‘ydi.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rim Papasi Fransisk katoliklar tomonidan nishonlanadigan Pok payshanba kuni Vaqtinchalik yashash markazida 11 nafar qochqinning oyog‘ini yuvib va o‘pib qo‘ydi, RIA novosti xabariga asosan.

11 nafar qochqinlardan besh nafari katolik, uch nafari musulmon, uch nafari qibtiy va hindu bo‘lgan. Oyoq yuvish marosimida Papaga bir ko‘ngilli yordam bergan. Guvohlar aytishiga ko‘ra, marosim vaqtida qochqinlar ko‘z yoshini tutib tura olmagan. 

"Biz har xilmiz, bizda madaniy va diniy farq bor, lekin biz aka-ukamiz va ahil yashamoqchimiz. Har birimizning o‘z hayot yo‘limiz bir, boshdan kechirgan mashaqqatlarimiz bor, lekin har birimizda aka-ukachilikni istaydigan ochiq yurak bor. Har birimiz, o‘z diniy tilimizda, Xudodan ushbu aka-ukachilik butun dunyo bo‘ylab tarqalishini so‘raymiz", — dedi Fransisk o‘z nutqida.

© REUTERS / OSSERVATORE ROMANOBejenes delayet fotografiyu s Papoy Rimskim Fransiskom
Bejenes delayet fotografiyu s Papoy Rimskim Fransiskom - Sputnik O‘zbekiston
Bejenes delayet fotografiyu s Papoy Rimskim Fransiskom

"Boshqalar hatto yaqinlashishni ham istamagan kishilar oldida tiz cho‘kib, ularning oyog‘ini yuvib qo‘yish bilan, Rim Papasi hozirgi murakkab zamonda, barchamiz, bahona qilmasdan, jamiyatning eng zaif qatlamiga e’tiborli bo‘lishimiz kerakligini aytmoqchi bo‘ldi", — dedi arxiyepiskom Rino Fizikella.

Oyoq yuvish marosimi, Injildagi "Sirli kecha" hikoyasiga ko‘ra, Iso Masih samimiy mehr va kamtarlik ramzi sifatida, o‘z shogirdlarining oyog‘ini yuvib qo‘ygani sharafiga o‘tkaziladi.

Bu yil pontifik birinchi marta marosimni Rimdan tashqarida – Italiya poytaxtiga yaqin bo‘lgan Kastelnuovo-di-Porto shaharchasida o‘tkazdi. Bu yerdagi Vaqtincha yashash markazida 26 mamlakatdan 892 qochqin yashamoqda.

Yangiliklar lentasi
0