TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasi orqali oʻtgan yashirin yer osti tunneli topildi, bu haqda Oʻzbekiston MXXsining Chegarani Qoʻriqlash qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
MXX Chegarani qoʻriqlash xizmati xabariga koʻra, ushbu yer osti yoʻlidan oʻzbek-qirgʻiz chegarasi orqali qurol-yarogʻ, portlovchi moddalar, ekstremistik adabiyot va odamlarni yashirin oʻtkazish maqsadida foydalangan boʻlishi mumkin.
“Kontrabandaning bunday usuli oʻzbek-qirgʻiz chegarasida birnchi marta aniqlandi.Tunnel chuqurligi 6 metr, eni 60-70 sm, balandligi 1-1,2 metrni tashkil qiladi. Tunnelning uzunligi esa 120 metrni tashkil qildi. U Oʻzbekiston fuqarosining uyini Qirgʻiziston fuqarosi hovlisi bilan bogʻlagan”,- dedi qoʻmita xodimi.

“Ikkala tomon oʻzaro qiziqarli boʻlgan barcha masalalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi. Uchrashuv oʻzaro hamfikrlik va samarali muloqot kayfiyatida boʻlib oʻtdi”, — dedi matbuot xizmati.
Chegara xizmatlari ushbu tunnelni yoʻq qilishga kelishib olishdi.