Dunyoda

Suriya armiyasi “Palmira qalʼasi” ustidan nazorat oʻrnatdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtish"Choʻl lochini" harbiy otryadi jangchisi
Choʻl lochini harbiy otryadi jangchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Palmirani toʻliq ozod qilishga bir bahya qoldi deydi Suriyalik harbiy zobit.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Suriya Arab respublikasining qurolli kuchlari va xalq koʻngillilari qoʻshnlari Palmiradagi “Faxr-ad-Din al-Maani” qalʼasi ("Palmira qalʼasi") ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi, deb xabar berdi Sputnik Arabic.

Harbiy manbaaning soʻzlariga qaraganda, Palmirani jangarilardan ozod qilish operatsiyasida Suriya armiyasi zarur nuqtani – “Palmra qalʼasini” qoʻlga kiritdi.  

“Suriya piyodalari ittifoq kuchlari bilan birgalikda Palmira shahriga kirish joylarini egallab oldi. Kecha Siriyatel tepaligi qoʻlga kiritilgan edi, bugun esa “Palmira qalʼasi”, — dedi manbaa.

Oʻtkazilgan yirik masshtabli operatsiyadan keyin ittifoqchilar uch tomondan shaharga juda yaqin kelishdi. Uning soʻzlariga qaraganda, endi Palmirani toʻliq ozod qilishga bir bahya qoldi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala