O‘zbekiston chegaraning belgilanmagan qismidan harbiylarni chaqirib oldi

© Sputnik / StringerO‘zbek-qirg‘iz chegarasi.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanba kuni 8:00da O‘zbekiston o‘zbek-qirg‘iz chegarasining belgilanmagan qismidan o‘z harbiy texnikasi va askarlarini chaqirib oldi. Endilikda chegarani qo‘riqlash odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Ola-Buqa tumanidagi nazorat o‘tkazish punkti ochildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston. Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomon chegaraning ushbu qismida joylashtirilgan bronetransporterlar va harbiy xizmatchilarni chaqirib olgan.

Chegaradagi to‘siqlar - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada muhandislik to‘siqlarni barpo qilmoqda

Ta’kidlarga ko‘ra, ikki mamlakat chegara xizmati rahbariyati o‘rtasida o‘tgan muzokaralardan so‘ng, shunday qaror qabul qilingan.

Endilikda ikki mamlakat chegarani qo‘riqlash bo‘linmalari, o‘rtadagi kelishuvga muvofiq, xizmatni odatdagi tartibda o‘tashlari xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0