Kerri qizil diplomatda nima olib kelganini oshkor qilmadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAQSh Davlat kotibi Moskvaga o‘zi bilan sirli diplomat olib keldi
AQSh Davlat kotibi Moskvaga o‘zi bilan sirli diplomat olib keldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi jurnalistlarning “Diplomatingizda nima bor?”, degan savoliga ochiq javob berishni xohlamadi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Siyosatchi, bu sirni faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin biladi, deya hazil tariqasida javob qaytardi, xolos.

Pul olib kelgan bo‘lsangiz kerak, deb hazil qildi Putin Kerriga qarab - Sputnik O‘zbekiston
Pul olib kelgan bo‘lsangiz kerak, dedi Putin Kerrining chemodaniga ishora qilib

Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda Kerri chemodani ichida nima borligini Putin bilan yakkama-yakka uchrashuvda ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi.

Payshanba kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Putin “Amerikada Davlat kotibining chemodanini ko‘taradigan odam yo‘qmi, yo “asosiy masalalarni hal qilish uchun” o‘zingiz bilan pul olib keldingizmi?”, deya  hazil qilgan edi. Kerri Putinning savoliga “Bu — “surpriz”. Diplomatimdagi narsa, sizni hayron qoldiradi”, deya sirli javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya poytaxti Moskvaga ikki kunlik tashrif uyushtirdi. Payshanba kungi muzokaralar umumiy hisobda sakkiz soat davom etdi va ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi: avvaliga Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muloqotda bo‘ldi, so‘ngra esa, Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0