Hodisalar

Pokistonning Lahor shahridagi portlashda 69 kishi qurbon boʻldi

© REUTERS / Mohsin RazaPokistonning Lahor shahridagi portlash
Pokistonning Lahor shahridagi portlash - Sputnik Oʻzbekiston
Lahorning bolalar bogʻi ichida xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan portlashda, 69 kishi qurbon boʻlgan 300ga yaqin odam jarohatlangan.

 

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Pokistonning Lahor shahridagi bolalar bogʻi ichida uyushtirilgan portlashda, 69 kishi qurbon boʻlgan 300ga yaqin odam jarohatlangan, RIA Novosti xabariga asosan.

Portlash Lahordagi bolalar bogʻiga kirishidagi avtomobillar turar joyida sodir boʻlgan. Jabrlanganlarning asosiy qismi bolalar va ayollarni tashkil qilgan. Portlash xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilganligi xabar berilmoqda.

Lahor politsiyasi xabariga koʻra, qurbon boʻlganlar orasida 23 nafar yosh bola, jarohatlanganlar orasida esa 56 nafar yosh bola bor. Jarohatlanganlar shahar shifoxonalariga joylashtirilgan. Ularning koʻpchillining ahvoli ogʻir va yaqin orada qurbonlar soni yana oshishi mumkinligi xabar berilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala