Jamiyat

Toshkent – Chorvoq yoʻli boʻylab mingdan ortiq daraxt ekildi

Tadbir ishtirokchilari mutaxassislar nazorati ostida mingdan ziyod Yaponiya saforasi, kashtan va dub daraxtlari ekishdi.

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Yuqorichirchiq tumaning yangi qurilgan dahalari hududida, Toshkent – Chorvoq yoʻli boʻylab mingdan ziyod daraxt koʻchatlari ekildi. Ushbu tadbir umujahon Oʻrmonlar kuni munosobati bilan oʻtkazildi, Gazeta.uz xabariga asosan.

Ushbu tadbir Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Toshkent viloyati Tabiatni Muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan Home Market, "Ekosan" fondi va Brichmulla oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari ishtirokida oʻtkazildi.  

Toshkent Agrar universitetining 50 dan ortiq talabalari Brichmulla Oʻrmon xoʻjaligi tomonidan taqdim etilgan mingdan ortiq yapon saforasi, kashtan va dub daraxtlari koʻchatlarini, mutaxassislar nazorati ostida ekishdi.

Mutaxassislar aytishicha, aynan ushbu daraxtlar koʻchatlari tanlab olinishi bejiz emas. Yapon saforasi va kashtan mevalari shifobaxsh xususiyatlarga ega va xalq tabobatida keng qoʻllaniladi. Undan tashqari ular havoni chiqindi gazlardan tozlash xususiyatiga ega. Bir dona yetishgan kashtan daraxti atrof muhitni 20 ming kubometr ishlangan gazlardan tozalashi mumkin. Dub boʻlsa chiroyli koʻrinish va uzoq yashash xususiyatiga ega.

 

Oʻrmon xoʻjaligi Bosh boshqarmasi xabariga koʻra Oʻzbekiston oʻrmon fondining umumiy maydoni 9,65 million gektarni tashkil qiladi. Bu respublika hududining salkam 20 % ni tashkil qiladi. 1990 yilga qaraganda respublikada oʻrmon hududlari maydoni 4 million gektarga kengaytirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala