Islom Karimov Moskvaga rasmiy tashrif bilan keladi

© BRENDAN SMIALOWSKI / POOL / AFPIslom Karimov va Abdulaziz Kamilov aeroportda
Islom Karimov va Abdulaziz Kamilov aeroportda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti ikki kunlik tashrif davomida O‘zbekiston qurolli kuchlarining qayta jihozlanish masalasini muhokama qiladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar yetkizib berish haqida dastlabki kelishuvlar bor.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ushbu yilning 25-26 aprelida Rossiyaga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keladi, Rossiya Moliya vaziri o‘rinbobsari Sergey Storchak ma’lumotiga ko‘ra.

“25-26 aprelda O‘zbekiston prezidenti Islom Kartimovning Rossiyaga tashrifi rejalashtirilgan.<…> Kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri bu O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash masaladir”, — dedi Storchak Federatsiya Kengashi majlisida.

Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston qurolli  kuchlarini qayta jihozlash maqsadida Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar yetkizib berish rejalashtirilgan. Ushbu masala Islom Karimovning Moskva tashrifi mavzularidan biri bo‘ladi.

 

Yangiliklar lentasi
0