Dunyoda

Nomaʼlum kimsalar Misr aviakompaniyasiga qarashli samolyotni qoʻlga oldi

© REUTERS/Yiannis KourtoglouLarnaki aeroportida politsiyachi
Larnaki aeroportida politsiyachi - Sputnik Oʻzbekiston
Aleksandriya — Qohira yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan samolyot bortida 81 nafar yoʻlovchi borligi xabar qilinmoqda. Bosqinchilar kelib chiqishi misrlik boʻlgan ayollar va bolalarga Kiprda majburiy qoʻnishni amalga oshirgan samolyot bortini tark etishga ruxsat bermoqchi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Bortida 81 nafar yoʻlovchi boʻlgan misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yoʻlovchi samolyot nomaʼlum kimsalar tomonidan qoʻlga olindi.

Bosqinchilar portlovchi qurilmani ishga tushirishini aytib, poʻpisa qilishgani uchun samolyot Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Hozirda Kipr hukumati bosqinchilar bilan muzokara olib bormoqda.

 

Kipr Tashqi ishlar vazirligi layner bosqinchilar tomonidan qoʻlga olinganini tasdiqladi. OAV berayotgan maʼlumotlarga koʻra, bosqinchilar hozircha aniq talablarni qoʻymagan.

"Men samolyot nomaʼlum bosqinchilar tomonidan qoʻlga olinganini tasdiqlayman. Rasman boshqa hech qanday maʼlumot bera olmaymiz”, — deb xabar qildi Sputnik International agentligiga Kipr vazirligi matbuot-kotibi.

Havo kemasi Aleksandriya-Kipr yoʻnalishi boʻylab harakatlangan. Laynerning bosqinchilar tomonidan qoʻlga olingani haqidagi xabar politsiyachilarga 08.30da yetkazilgan.

Samolyotni qoʻlga olgan bosqinchi, mabodo uning talablari qondirilmasa, u portlovchi-kamarni ishga tushirishini maʼlum qilgan. Bu orada bort kapitani samolyotning terrorchilar tomonidan qoʻlga olingani haqida Qohiradagi dispetcherlarga xabar qilishga ulgurgan.

Jinoyatchilar kelib chiqishi misrlik boʻlgan ayollar va bolalarga samolyot bortini tark etishga ruxsat bermoqchiligi maʼlum qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala