Qo‘lga olingan samolyotdan to‘rt nafar chet ellikdan tashqari barcha yo‘lovchilar ozod qilindi

© Commons.wikimedia / PaphoshotelbeachLarnaki aeroporti. Kipr
Larnaki aeroporti. Kipr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozod etilgan yo‘lovchilar havo kemasini shaxsiy buyumlari bilan tark etganliklari xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Qo‘lga olingan A320 samolyotidan 50 yo‘lovchi ozod etildi, deb xabar qilmoqda newsit.com.cy axborot portali.

Larnaki aeroportida politsiyachi - Sputnik O‘zbekiston
Noma’lum kimsalar Misr aviakompaniyasiga qarashli samolyotni qo‘lga oldi

Eslatib o‘tamiz, noma’lum shaxs tomonidan qo‘lga olingan Misr aviakompaniyasiga tegishli samolyot Kiprdagi Larnaki aeroportida O‘zbekiston vaqti bilan 10:50da majburiy qo‘nishni amalga oshirgan edi. Oradan bir soat o‘tib, samolyotdan ilk garovga olinganlar — kelib chiqishi misrlik bo‘lgan ayol va erkaklar ozod etildi.

Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 55 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Soat 12.00gacha olingan xabarlarga ko‘ra, 50 nafar yo‘lovchi ozod etilgan.

Hozirda havo kemasi boshqa samolyotlardan olisda, uchish maydonida turganligi ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0