Misr samolyotini qo‘lga olgan bosqinchi Kiprdan siyosiy boshpana berishni talab qilmoqda

© AP Photo / Martin MeissnerSamolyot illyuminatori
Samolyot illyuminatori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandriya – Qohira yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan samolyotni qo‘lga olgan bosqinchi, avvaliga uchuvchidan laynerni Turkiyada to‘xtatishni so‘ragan. Turkiyaga borishga yoqilg‘i yetmasligini ma’lum bo‘lgach, havo kemasi Kiprda majburiy qo‘nishni amalga oshirgan, deb xabar qiladi Sky News Arabia telekanali.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik.  Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirgan Egypt Air aviakompaniyasiga qarashli samolyotni qo‘lga olgan bosqinchi, tarjimon hamda Kiprdan siyosiy boshpana talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sky News Arabia telekanali.

Larnaki aeroporti. Kipr - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lga olingan samolyotdan to‘rt nafar chet ellikdan tashqari barcha yo‘lovchilar ozod qilindi

Telekanal taqdim etayotgan ma’lumotlarga qaraganda, bosqinchi avvaliga uchuvchidan laynerni Turkiyada qo‘ndirishni so‘ragan, ammo uchuvchi samolyot baklaridagi yoqilg‘i yetarli emas, degan bahonada uning talabini bajarishdan bosh tortgan.

Yangiliklar lentasi
0