Dunyoda

Kipr prezidenti: A320 samolyotining qoʻlga olinishi terakt emas, "bu ishga ayol aralashgan"

© Sputnik / Mixail Palinchak / Fotobankka oʻtishYevropa parlamenti prezidenti Martin Shults
Yevropa parlamenti prezidenti Martin Shults - Sputnik Oʻzbekiston
Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis Misrga qarashli A320 samolyotning qoʻlga olinishi terakt emas, deya bayonot berdi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis Misrga qarashli A320 samolyotning qoʻlga olinishi terakt emas, deya bayonot berdi.

Samolyot illyuminatori - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Misr samolyotini qoʻlga olgan bosqinchi Kiprdan siyosiy boshpana berishni talab qilmoqda

"Hamishagidek bu ishda ayol aralashgan", — deb javob qildi prezident Yevroparlament raisi Martin Shults tomonidan tashkillashtirilgan matbuot-anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan savolga.

Shults hozirda Kiprdaligi xabar qilinmoqda. Matbuot-anjumanidan toʻridan-toʻgʻri translyatsiya Kiprning RIK telekanali tomonidan namoyish etilgan.

Bundan sal oldin olingan xabarlarda, bosqinchi samolyot ekipaji hamda yoʻlovchilarga portlovchi qurilma bilan tahdid qilib, marshrut yoʻnalishi oʻzgartirilishini talab qilgan. Aleksandriya-Qohira reysi boʻyicha uchishni amalga oshirayotgan layner Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qoʻnishni amalga oshirgan. Shundan soʻng, bosqinchi 50 nafar yoʻlovchilarni ozod qilib, uchuvchi orqali Kipr hukumati bilan muzokara qilishga tushgan.
Anastasiadisning soʻzlariga qaraganda, samolyot bortida qolgan asir olinganlarni ozod qilish uchun barcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala