Jamiyat

Beshkek koʻchalarida “Tupurma” degan plakatlar paydo boʻldi

© Kushtar MamыtaliyevBeshekdagi "Tukurbo — Ne plevat!" plakatlari
Beshekdagi Tukurbo — Ne plevat! plakatlari - Sputnik Oʻzbekiston
Beshkeklik faol fuqaro Kushtar Mambetaliyev oʻz mablagʻi evaziga ushbu plakatlarni chop etib ularni shahar koʻchalariga yopishtirib chiqqan.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Beshkeklik Kushtar Mambetaliyev ushbu tashabbus bilan avval shahar hukumatiga murojaat qilgan, ulardan javob boʻlmagach, oʻzi ushbu ishni amalga oshira boshlagan.

“Kechadan boshlab ushbu plakatlarni koʻchalarda yopishtirib chiqa boshladim. Meriya “biz bunaka ishlab bilan shugʻullanmaymiz” deb javob berdi. Mening bir necha tarafdorlarim paydo boʻldi. Hozircha shunaqa plakatlarni tarqatayapman, keyin ular boshqacha koʻrinishda chiqadi”, — dedi Mambetaliyev

Uning soʻzlariga qaraganda, koʻchada tupurayotgan odamlar – bu uyat, chet eldan kelagn mehmonlar oldida ham noqulay. Bu ijtimoiy muammo boʻlib, unga alohida eʼtibor berish kerak.

Har bir plakatning narxi – 5 som, hozircha Mambetaliv ushbu mablagʻni oʻz hamyonidan  toʻlamoqda.

“Agar biror tashkilot homiylik qilish istagini bildirganida, plakatlarda uning reklamasini joylashtirish mumkin edi. Baʼzilar mendan sotib olib tarqatmoqda. Hozircha bepul tarqatmayapman – chunki ishonmayman”, — deydi tashabbuskor.

Uning soʻzlariga qaraganda, yaqin orada alohida odamlarga tushunali boʻlishi uchun — “Ee, oʻroq, tupurma!” — degan plakatlar ham paydo boʻladi.   

Faol fuqaro ushbu plakatlarni binolar, avtobus toʻxtash joylari va jamoat transportida faqat ularning egasi ruxsati bilan yopishtirmoqda.  

Shahar meriyasida matbuot xizmati xabariga koʻra, ular Mambetalivni taklif qilib uning tashabbusi va kelajakda hamkorlik qilish haqida suhbat oʻtkazmoqchi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala