Dunyoda

Kipr TIV: Larnaki aeroportida operatsiya yakunlandi

© REUTERS / Yiannis Kourtoglou Uchuvchi qoʻlga olingan samolyot kabinasidan chiqmoqda
Uchuvchi qoʻlga olingan samolyot kabinasidan chiqmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan sal oldin nomaʼlum shaxs, portlovchi qurilmani ishga tushirishini maʼlum qilib, Aleksandriya – Qohira reysi boʻyicha parvozni amalga oshirayotgan samolyotni majburan Kiprda qoʻndirishga majbur qilgani haqida maʼlumot bergan edik. Oʻzbekiston vaqti bilan 17:00da aviapirat taslim boʻldi va hibsga olindi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Aviapirat tomonidan qoʻlga olingan va Larnaki aeroportida majburan qoʻnishni amalga oshirgan A320 layneri bilan bogʻliq operatsiya oʻz yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Kipr TIV, RIA Novosti xabariga koʻra.

Yevropa parlamenti prezidenti Martin Shults - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kipr prezidenti: A320 samolyotining qoʻlga olinishi terakt emas, "bu ishga ayol aralashgan"

"Hammasi yakun topdi. Hozirda Bosh vazir bayonoti tayyorlanmoqda", — deb xabar berdi vazirlik xodimasi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston vaqti bilan 10:30da bortida 51 nafar yoʻlovchi va 7 nafar ekipaj aʼzolari boʻlgan misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yoʻlovchi samolyoti nomaʼlum kimsa tomonidan qoʻlga olingan edi. Bosqinchi portlovchi qurilmani ishga tushirishini aytib, poʻpisa qilgani uchun samolyot Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qoʻnishni amalga oshirishga majbur boʻlgan.

Samolyot majburan qoʻndirilgach, aviapirat ekipaj aʼzolarini asir olgan holda, kelib chiqishi misrlik boʻlgan ayollar va bolalarni samolyotdan chiqarib yuborgan, hamda Kipr hukumatidan siyosiy boshpana talab qila boshlagan.

Soat 17.00 da aviapirat taslim boʻlgan va hibsga olingan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala