Jamiyat

Toshkent metrosi yaqin toʻrt yilda kengaytiriladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMetroda qurilish ishlari
Metroda qurilish ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Yunusobod yoʻlining uzaytirish rejasi allaqachon tayor boʻlgan. Sergeli tumanida quriladigan yer usti metrosi Toshkent metropoliteni bilan yagona tizimga kiritiladi. Yoʻlovchilar u transportdan bunisiga oʻtish uchun metrodan chiqishi kerak boʻlmaydi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Poytaxt hokomiyati yaqin toʻrt yil ichida Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishini qurib bitkazish  va Sergeli yoʻnalishida qurilishi kerak boʻlgan yer usti yoʻnalishini qurib uni metro bilan ulash niyatida.

Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning soʻzlariga qaraganda, loyhachilar metroning Yunusobod yoʻnalishining loyihasini chizib yakunlagan, faqat loyihani moliyalash masalasi qolgan xolos.  

“Metroning ikkala yoʻnalishi boʻyicha qurilish ishlarini yakunlash muddati hali aniq emas, chunki bu yerda juda koʻp masalalarni hal qilish kerak. Biz ularni tez orada hal qilishga tayormiz. Sergeli yoʻnalishi Toshkent metrosi bilan yagona tizimga aylanishi juda muhim masala. Poyezd faqat yer ustiga chiqadi xolos, yoʻlovchilar metrodan chiqishi kerak boʻlmaydi”, — dedi hokim.  

Toshkent metrosining ikki yoʻnalishini qurish haqidagi gaplar oxirgi besh yil davomida olib borilmoqda. Masalan Sergeli yoʻnalishida olti bekat paydo boʻlishi rejalashtirilgan “Choshtepa”, Tursun-zoda”, “Abdulla Xoʻjayev”, “Sergeli”, “Ehtirom” va “Otchopar” bekatlari.  

Sergeli yoʻnalishi Chilonzor yoʻnalishi bilan “Olmazor” bekatidan “Abdulla Xoʻjayev” bekatiga oʻtish orqali ulanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala