Dunyoda

Nazarboyev Islom Karimovni yadro sinovlari toʻxtatilganining 25 yilligini nishonlashga taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Fotobankka oʻtishQozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston prezidenti Markaziy Osiyodagi beshta davlat yetakchilarini, yaʼni “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona rahbarlarini”, Semipalatinskdagi yadro poligoni yopilganining 25 yil toʻlganligi munosabati bilan oʻtkaziladigan xotira tadbiriga taklif qildi.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Qozogʻiston rahbari Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tashkil qilish* boʻyicha oʻzaro shartnoma tuzgan – Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlati rahbarlarini Semipalatinskdagi yadro poligoni yopilganining 25 yilligi munosabati bilan uyushtirilayotgan xotira tadbiriga taklif etdi.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligida anjuman oʻtkazishni taklif qildi

Nazarboyev, 25 yil oldin shu poligon yopilganidan keyin Amerikaning Nevada shtatida hamda XXRda yadro quroli sinovlari oʻtkazilishi toʻxtaganini taʼkidlamoqda.

Semipalatinskda 1948 yilda ishga tushirilgan poligon yiriklik jihatdan Yer yuzidagi poligonlar orasida ikkinchi oʻrinda turgan va dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallovchi yadroviy arsenal hisoblangan. Aynan shu yerda Sovet ittifoqining ilk atom quroli sinovdan oʻtkazilgan. 1949 yildan 1989 yilga qadar Semipalatinskdagi yadro poligonida 468ga yaqin yadroviy sinovlar oʻtkazilgan. Poligon Qozogʻiston respublikasi prezidenti Nazarboyev farmoni bilan 1991 yilning 29 avgustida rasman yopilgan.

* Eslatib oʻtamiz, 2014-yil 6-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tom maʼnodagi tarixiy voqea yuz berdi — mazkur tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat — AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya yakdillik bilan va bir paytning oʻzida muhim xalqaro hujjatni — Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish toʻgʻrisidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisidagi Protokolni imzolashdi.Mazkur shartnomani imzolagan davlatlar yadroviy qurol ishlab chiqarish, uni sotib olish, yadroviy qurollar yoki uning qismlarini oʻz hududlarida joylashtirish huquqiga ega boʻlmaydi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish toʻgʻrisidagi fikr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1993 yili BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib ilgari surilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala