Dunyoda

Obama: Amerika oʻz yadro qurolini Yaponiya va Janubiy Koreyaga topshirmaydi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Barak Obama
AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika yetakchisining fikricha, tobora ziddiylashib borayotgan osiyo-tinch okeani mintaqasiga ommaviy qirgʻin qurolini topshirish masalasida “hazillashib boʻlmaydi”. "Amerikaning navbatdagi prezidenti ham xuddi shunday pozitsiyada turishiga umid qilaman", deb taʼkidladi Obama.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik, Grigoriy Dubovitskiy. Respublikachilar partiyasidan Amerika prezidentligiga nomzod Donald Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyani Shimoliy Koreyadan boʻlayotgan toʻxtovsiz poʻpisalardan himoyalash uchun ularga yadro qurolini topshirish kerak, degan taklifni kiritgan edi. AQSH prezidenti Barak Obama, juma kuni milliarder kiritgan taklifga izoh berar ekan, “Bunday narsalar bilan hazillashib boʻlmaydi”, deb taʼkidladi, RIA Novosti xabari asosida.
"Yaponiya va Janubiy Koreya bilan ittifoqimiz — Osiyo – Tinch okeani mintaqasida ishtirok etishimiz asoslaridan biri hisoblanadi. Ishtirokimiz mintaqada tinchlik oʻrnatishga va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu Amerika savdo sohasiga hamda mamlakatimizning dunyoda tutgan oʻrniga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Shu tufayli, mamlakatlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yadroviy urushning oldi olinmoqda", — deb bayonot berdi Obama Vashingtonda oʻtgan yadro xavfsizligi sammiti yakuniga bagʻishlangan matbuot-anjumanida.
"Shu tufayli, bu borada hazillashib boʻlmaydi", — qoʻshimcha qildi Obama va Ikkinchi jahon urushi davrida mintaqada xavfsizlikni taʼminlash uchun koʻplab amerikaliklar oʻz hayotlarini qurbon qilishganini eslatib oʻtdi.
"Oq Uyda, bu masala qanchalik muhimligini anglamaydigan kishi boʻlishini xohlamas edik", — deb taʼkidladi Obama.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala