Dunyoda

Togʻli Qorabogʻda harbiy harakatlar boshlandi

© Sputnik / Yuriy Alekseyev / Fotobankka oʻtishTogʻli Qorabogʻ
Togʻli Qorabogʻ - Sputnik Oʻzbekiston
2 aprelga oʻtar kechasi Togʻli Qorabogʻda Ozarboyjon-Armaniston nizosi yana yangilandi. Armanistonlik harbiylar tomonidan Ozarbayjon vertolyoti urib tushirilgan va shundan soʻng qarshi tomondan artilleriya orqali javob zarbalari yoʻllangan.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshligʻi Artsrun Ovannisyanning feysbukdagi oʻz sahifasida maʼlum qilishicha, ozarbayjonliklar hujumga oʻtishgan va ikki tomon oʻrtasidagi nizolarga sabab boʻladigan Togʻli Qorabogʻ hududida harbiy harakatlar boshlangan, kun.uz xabari asosida.
Ovannisyan Ozarbayjon tomonidan Armanistondagi tinch aholi istiqomat qiluvchi nuqtalarga hamda harbiy qismlarga artilleriya zarbalari berilayotganini taʼkidlagan.
Uning aytishicha, Armaniston armiyasi qarshi hujumga oʻtishga majbur boʻlgan.

"Ikki tomonda ham qurbonlar bor. Ozarbayjon tomonining talofatlari koʻproq, ulardagi harbiy texnikalarga zarar yetgan va bir vertolyot yoʻq qilingan", deydi Ovannisyan.

Qorabogʻ mojarosi, aholisining asosiy qismi armanlardan tashkil topgan Togʻli Qorabogʻ 1988 yilda Ozarbayjon tarkibidan chiqishini eʼlon qilgach boshlangan. Togʻli Qorabogʻ aholisining 99,89 foizi Bokudan toʻliq mustaqil boʻlishni yoqlab chiqqan referendumdan keyin, keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlangan. 1994 yil may oyida sulh tuzish haqidagi kelishuvlar kuchga kirdi. Hududlar chegarasida doimiy ravishda beqaror vaziyat saqlanib keladi.
Oʻzbekiston Qorabogʻni Ozarboyjonning tarkibida deb biladi va bu masala xalqaro huquq talablari asosida hal qilinishi kerak, deb keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala