Siyosat

Buyuk Britaniya TIV oʻrinbosari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

© STEFAN ROUSSEAU / POOL / AFPTobias Ellvud - Buyuk Britaniya TIV oʻrinbosari
Tobias Ellvud - Buyuk Britaniya TIV oʻrinbosari - Sputnik Oʻzbekiston
Tobias Ellvud Oʻzbekiston Oliy majlisi va bir qator vazirliklar bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralarda Afgʻonistondagi vaziyat va Taʼlim hamda Iqtisodiyot sohasidagi masalalar koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 5 apr – Sputnik. Seshanba 5 aprel kuni Oʻzbekistonga Buyuk Britaniya birlashgan qirolligi va Shimoliy Irlandiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Tobias Ellvud tashri buyuradi, Oʻzbekiston TIV vazirligi xabari asosida.

Tashrif dasturida Respublika Oliy Majlisi, Tashqi Ishlar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar  va Investitsiyalar vazirlgi va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

“Tashrif davomida Oʻzbekiston-Britaniya siyosiy munosobatlarining hozirgi ahvoli va kelajakdagi rivojlanish yoʻllari oʻrganib chiqiladi. Shu bilan bir vaqtda oldin kelishilgan shartnomalar bajarilishi jarayoni ham koʻrib chiqiladi”, — deb xabar berdi Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi.  

Elchixona vakilining soʻzlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda mamlakatlar orasida Afgʻonistondagi vaziyat, parlamentlararo munosobatlarni va Taʼlim,  Iqtisodiyot sohasidagi munosobatlarni rivojlantirish koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekistonda tashkil qilingan  korxonalar soni boʻyicha Buyuk Britaniya Yevropa mamlakatlari orasida  eng birinchidir.  Shunga qamasdan mamlakatlar orasida munosobatlar rivojlanishiga hali imkoniyatlar koʻp deyilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala