Ekspert: Tramvaydan voz kechish - bu soddalik

© Sputnik / Mariya Sibirakova / Mediabankka o‘tishBarselonada zamonaviy tramvay
Barselonada zamonaviy tramvay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramvaydan voz kechib, Toshkent dunyoning o‘nlab shaharlari 70-80 yillarda yo‘l qo‘ygan xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Hozirgi kunda Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiyada tramvay eng tez rivojlanayotgan jamoat transportiga aylangan.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik, Mariya Sheludakova. Toshkent shahri rahbariyati shahar yo‘llarini kengaytirish maqsadida barcha tramvay yullarini  olib tashlashga qaror qildi.

Sputnik sayti orqali o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, shahar aholisining katta qismi ushbu qarorning tarafdori emas. So‘ralganlarning 56% tramvayning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi deb hisoblaydi, 30% esa — hokimiyat qarorini oqlashmoda.

© RIA NovostiPodzemnaya tramvaynaya ostanovka v Volgograde
Podzemnaya tramvaynaya ostanovka v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Podzemnaya tramvaynaya ostanovka v Volgograde

“Moskvadagi Iqtisodiyot Oliy maktabining Transport Siyosati instituti direktori professor Mixail Blinkin, “tramvay yo‘llarini olib tashlash – bu 70-80 yillarda dunyoning o‘nlab shaharlarida yo‘l qo‘yilgan odatiy xatodir”, —  dedi Sputnik muxbiriga.  

Tramvay yo‘llari buo‘lmasa avtomobil yo‘llari albatta kengayadi, lekin 5-10 yildan kein, avtomobillar soni 2 baravar ko‘payishi mumkin, tiqinlar yana boshlanadi.

Avtomobil yo‘llaridagi transport  tiqinlarini kamayishida dunyo tajribasi quyidagi asosiy choralardan iborat: birinchidan shahar markaziga shaxsiy transportda kirish va to‘xtashni cheklash kerak, ikkinchidan, transport ulanmalari ko‘priklar va tunnellar qurish kerak. Uchinchidan rivojlangan va qulay jamoat transporti yaratish kerak.

Dunyoning London, Nyu York, Tokio, Parij va Berlin kabi millionlab aholi yashaydigan shaharlariga nazar solsak, u yerda aholining 90 % kundalik hayotda faqat jamoat transportidan foydalanadi. Ayniqsa shahar markaziga hech kim o‘z avtomobilida bormaydi.Toshkentda ham kelajakda shunday bo‘lmasligiga kim kafolat beradi?

Moskvaga nazar solsak, bu yerda avtomobillar soni har 7-yilda ikki baravar oshmoqda. O‘tgan yil ma’lumotlariga qaraganda 15 million aholi yashadigan shaharda avtomobillar soni 5,5 milliondan oshgan. Har kuni yo‘llarga 700 mingga yaqin avtomobil chiqadi. Shahar yo‘llarining o‘tkazish qobiliyati esa kuniga bor yo‘g‘i 400 ming avtomobildan iborat.  

Ko‘rinib turibdiki, barcha avtomobillarni sig‘diradigan yo‘l qurishning iloji yo‘q. Shunday ekan millionlab aholi yashaydigan katta shaharlarda e’tibor birinchi o‘rinda jamoat transportiga qaratilishi kerak. Qachon qulay, tezurar va ishonchli jamoat transporti yaratilsa, o‘shanda aholi shaxsiy transportdan voz kechib avtobus yoki tramvaydan foydalanishi mumkin.

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishInnovatsionniy tramvay "Vitaz" v Sankt-Peterburge
Innovatsionniy tramvay Vitaz v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Innovatsionniy tramvay "Vitaz" v Sankt-Peterburge

Oddiy misol, bir tramvay yo‘lidan soatiga 12 000 yo‘lovchi o‘tishi mumkin, bir avtomobil yo‘lidan bir soatda juda borsa 1000 kishi o‘tishi mumkin.

Tramvay yo‘llarining boshqa transport oldida ustunligi yaqqoldir. Bu ekspluatatsiyasi arzonligi,  ikkinchidan ekologik tozaligi, uchinchidan alohida yo‘ldan yurgani uchun tramvay tezroq harakatlanishi mumkin. To‘rtinchidan tramvay relsli transport bo‘lgani uchun uni metro va shahar  chetiga yuradigan elektrichkalar bilan bog‘lovchi stansiyalar qurish oson.

Professorning fikriga ko‘ra, Toshkent hokimiyati tramvaydan voz kechib butun jahon tajribasiga zid bo‘lgan, sodda ish qilgan.  Avtobus va trolleybuslarning kerak yoki yo‘qligi haqida tortishish mumkin, lekin  yo‘nalishli tramvaylar – bu shubhasiz, kelajagi porloq transport. Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasida buni ko‘rish mumkin.

Dunyoda hozir relsli transport renesansi kuzatilmoqda.  Ko‘plab shaharlarda eski tramvaylar zamonaviy tezurar tramvaylarga almashtirilmoqda. Undan tashqari tramvayni shahar tashqarisiga qatnaydigan transport bilan birlashtirilmoqda.

“Moskvada 90-yillarda tramvay yo‘llarining 30% olib tashlangani katta xato bo‘lganligiga hozirgi shahar hokimiyati va shaxsan mer juda yaxshi tushungan. Hozir Moskvada tramvaylar soni  o‘sib bormoqda”, — dedi professor.  

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishNovogodniy tramvay v Moskve
Novogodniy tramvay v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Novogodniy tramvay v Moskve

Toshkent hokimiyati fikriga ko‘ra tramvay yo‘llarini olib tashlash bu ularning kam yo‘lovchi tashishidir. Statistika ma’lumotlariga qaraganda Toshkentda har kuni tramvaylar 20 ming yo‘lovchi tashiydi, avtobuslar – 700 ming, metro bo‘lsa 2 milliondan ortiq.

Hokimiyat qaroriga ko‘ra 2016-yilning avgust oyiga qadar Muqimiy, Samarqand Darvoza, Mehrijon-Sayxun, Aliyev, Temiryulchilar, Beltepa, Shifokorlar, Farxod-To‘qimachi, Mannon Uyg‘ur-Beshqayrog‘och, Lutfiy, Katta Xirmontepa, Kamarniso, Farobiy, Ohangoran, Qorasuv, Farg‘ona yuli, Yangi Qo‘yliq, Qushbegi, Bunyodkor kuchalaridan jami 87,8 km tramvay yo‘llari olib tashlanadi.

Yangiliklar lentasi
0