Dayr-az-Zorda ID jangarilari kimoviy qurol ishlatdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishXimik va biologik himoya kostumlari kiygan askarlar
Ximik va biologik himoya kostumlari kiygan askarlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Islom davlati” jangarilari Dayr-az-Zordagi aviabazaga kimoviy qurol yordamida hujum uyushtirdi. Xabarlarga ko‘ra, hujumdan keyin bir necha askarlar bo‘g‘ilish his qilmoqda.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik, Mixail Alayeddin. “Islom davlati”   jangarilari Dayr-az-Zordagi Suriya harbiy aerodromiga hujum uyushtirdi, RIA Novosti xabariga asosan.   

Harbiylar xabariga ko‘ra, hujum vaqtida ID jangarilari kimoviy snaradlardan foydalangan, chunki bo‘li o‘tgan jangdan keyin bir necha Suriya harbiylari bo‘g‘ilish his qilmoqda.

Bundan oldin Suriya jangovor samolyotlari IDning oldingi saflariga hujum uyushtirib ularga katta zarar yetkizgan edi. Ko‘plat jangarilar va harbiy texnika yo‘q qilingan edi.

Suriyadagi harbiy mojaro 2012-yildan beri davom etib kelmoqda. Bashar Asad boshchiligidagi Suriya rasmiy hukumati va “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” guruhlari terrorchilar va bir qator muxolitfatchi uyushmalar orasida janglar bo‘lib o‘tmoqda. BMT xabariga ko‘ra o‘tgan vaqt davomida janglarda 220 mingdan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.

Muxolifat va Suriya rasmiy hukumati orasida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralari natijasida Suriya hududida 27-fevraldan boshlab jangovor o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kiritilgan. Ushbu tartib “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhlariga taaluqli emas.

 

Yangiliklar lentasi
0