Farg‘ona viloyatiga prokuror tayinlandi

Obuna bo‘lish
Muzaffar Abdurahmonov bungacha Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U biroz oldinroq, Farg‘ona viloyatining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Bahodir Po‘latovning o‘rnini egalladi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Muzaffar Abdurahmonov Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror etib tayinlandi, deb xabar beriladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroraturasi rasmiy saytida.

"O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Abdurahmonov Muzaffar Mamurovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyati prokurori etib 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi", deyiladi O‘zbekiston bosh prokuraturasi saytida berilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0