O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi avtoterminal ishga tushmoqda

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishAvtosalon
Avtosalon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan xalqaro avtomobil terminalidan oshxona, avtotexxizmat, valyuta ayriboshlash punkti, dush kabinalari, medpunkt, omborxonalar hatto, suzish xavzasi joy olgan.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. “Do‘sti” chegara punkti qoshida qad rostlayotgan xalqaro avtomobil terminali qurilishi o‘z yakuniga yetmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
O‘zbekiston bilan chegarada terminal qurilishi 2014-yil may oyida Osiyo taraqqiyot rivojlanish bankining Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik loyihasi doirasida boshlangan va tez kunlarda nihoyasiga yetkazilishi kutilmoqda.
Ushbu obyekt Tojikiston respublikasi hududida barcha xalqaro talablarga javob beruvchi ilk avtomobil terminali bo‘lishi kutilmoqda.
Umumiy maydoni 5ga ega terminal hududida ikki qavatli ma’muriy bino, oshxona, mehmonxona, tovarlarni saqlash uchun omborxona, muzlatgich kameralari, avtomobil sozlash shohobchasi, avtomobil to‘xtash joyi, valyuta ayriboshlash shahobchasi, raqamli tarozi, dush kabinalari, medpunkt, suzish havzasi va boshqa obyektlar joy olgani ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0