Surxondaryoda daydi it 7 kishini tishladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishIt
It - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida qarovsiz it yetti kishini tishlagani holati qayd etildi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Joriy yilning 25-mart kuni Surxandaryo viloyatining Denov tumanidagi «O‘rta-Qishloq» va “O‘zgarish” maxalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilib keluvchi 7 nafar fuqarolarni daydi it tomonidan tishlanish xolatlari kuzatildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi matbuot-xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, barcha jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, quturishga qarshi vaksinatsiya kursi olib borilgan va jabrlanganlarning salomatligi holati tibbiy kuzatuvga olingan.

"Mahalla va qishloq joylarida qarovsiz hayvonlarni tutish va zararsizlantirish, fuqarolarning ulardan jabrlanishlari oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tarzda amalga oshirilmoqda", — deyilgan xabar matnida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni uy hayvonlariga nisbatan e’tiborli bo‘lish va ularni o‘z vaqtida quturishga qarshi emlashga chaqirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0