O‘zbekistonda "Bolaga kitob sovg‘a qiling" aksiyasi o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKitoblar
Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2 aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha ta’lim va madaniyat muassasalarida, kutubxonalarda "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" loyihasi doirasida aksiyalar o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha ta’lim va madaniyat muas­sasalarida, kutubxonalarda bolalar kitobi bayrami munosabati bilan «Farzandimga kitob sovg‘a qilaman» loyihasi doirasida aksiyalar o‘tkazilmoqda, deb xabar qilinadi Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida.

"Respublika bolalar kutubxonasida bayram munosabati bilan tayyorlangan dastur doirasida kichik yoshdagi bolalar uchun Andersen asarlari bo‘yicha viktorinalar, katta yoshdagi bolalar uchun esa taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, turli ko‘rik-tanlovlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kutubxona bo‘yicha sayohat, taniqli xonandalar ijrosida musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Bayram tadbiri tashkilotchilari bolalarni ma’naviy va yetuk shaxs qilib tarbiyalashda kitobning tutgan o‘rniga alohida urg‘u beriladi. Bolajonlar ishtirokida turli-tuman tanlovlar uyushtirilib, maktab, litsey va kollejlarda bolalar adiblari bilan uchrashuvlar, kitob ko‘rgazmalari hamda bayram dasturlari namoyish etiladi", — deyiladi xabar matnida.

1967 yilda Xalqaro bolalar kitobi kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, jahonning ko‘pgina mamlakatlarida daniyalik buyuk ertakchi Xans Kristian Andersenning tavallud kuni — 2-aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida nishonlanadi.

Yangiliklar lentasi
0