G‘arb qurdlarining tinchlik muzokaralarida qatnashishiga qarshi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishBMT Xavfsizlik Kengashi
BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Xavfsizlik Kengashida G‘arb mamalkatalari Rossiyaning Suriya haqidagi arizasiga qarshi ovoz berib uni ko‘rib chiqishni to‘xtatib qo‘yishdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyaning Suriya tinchlik muzokaralarida mojaroda barcha tomonlar, jumladan qurd millati vakillari ham qatnashishini haqidagi arizasi g‘arb mamalakatlari tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, bu haqida Rossiyaning  BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin xabar qildi.  

Churkin Suriya qurdlari Jenevadagi muzokaralarga taklif qilinmaganligidan o‘zining xavotirida ekanligini ma’lum qildi. Vakilning fikriga ko‘ra bu holat BMTning barcha tamoyillariga qarshi.

“Bu loyiha to‘xtatib qo‘yilgani bizni hayron qoldirdi. Ukraina delegatsiyasi ham bunga o‘zining buzg‘unchilik hissasini qo‘shdi”, — dedi Rossiya  vakili.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
The Nation: AQSh tez orada qurdlarni sotadi
Churkin “BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari so‘zsiz bajarilishi kerak” deb gapirishni yaxshi ko‘radigan g‘arb mamlakatlarining bunday yo‘l tutishidan yana bir bor hayron bo‘lganligini xabar qildi.

Diplomatning fikriga ko‘ra, Suriya jamoatchiligining tinchlik muzokaralarida to‘liq tarkibda qatnashishi juda muhim masala, chunki u yerda Suriya davlatining kelajakdagi siyosiy tuzilishi masalalari muhokama qilindi.

“Bu, ba’zi hududiy davlatlar xoxishiga binoan yokli ularning tayziqi ostida qilingan bo‘lishi mumkin”, — dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Suriya tinchlik muzokaralari Jenevada 14-martdan boshlab qayta boshlandi. Ikki hafta davom etgan maslahatlarda qurdlar  vakillari qatnashmadi. BMT xabariga ko‘ra, muzokaralarning keyingi bosqichi 11-aprelda boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz 27-fevraldan boshlab Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tizimi kiritilgan. “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotlari uchu bu tartib amal qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0