Madaniyat

Zulfiqor Musoqov: Baxtiyor Qosimovning oʻlimi - ogʻir judolik

© Sputnik / Valeriy Levitin / Fotobankka oʻtishRejissyor Zulfiqor Musoqov va aktyor Rustam Sagdullayev
Rejissyor Zulfiqor Musoqov va aktyor Rustam Sagdullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Musoqovning soʻzlariga qaraganda, Baxtiyor Qosimov oʻz uslubiga ega boʻlgan aktyor boʻlgan, u suratga olish maydonchasida chin dildan xizmat qilgan va shuning uchun uning har bir roli tomoshabin yodida qolgan.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Baxtiyor Qosimov 7 aprel kuni 63 yoshida vafot etdi. Oʻzbek kinematografiyasining bu ogʻir judoligi haqida Zulfiqor Musoqov Sputnik muxbiriga soʻzlab berdi.

"Men Baxtiyor Qosimov bilan bor-yoʻgʻi bir marta hamkorlik qilish baxtiga muyassar boʻlganman. U bilan ishlash juda oson kechgan. U hech qachon gap talashmasdi, oʻz ishining haqiqiy ustasi edi. Oʻz personajini hech kim uchalik his eta olmasdi, uning xarakteridagi eng nozik detallarni ham ilgʻay olardi, shuning uchun aktyorning roli toʻlaqonli hayotiy chiqardi. Baxtiyor Qosimov roliga shu qadar kirishib ketardiki, uni hech kim toʻxtata olmasdi. Uning yorqin va jonli obrazlari Oʻzbek kinematografiyasi hamda tomoshabinlar yodida abadiy muhrlanib qoladi", — deydi chuqur qaygʻu bilan rejissyor.

"Qosimov juda rahmdil inson edi. Biror kimsani eslay olmaymanki, undan ranjigan yoki norozi boʻlsa. U oʻzidan keyin yorugʻ xotiralar qoldirdi. Aktyorning ijodi — endigina ijodga kirib kelayotgan yosh artistlar uchun namuna boʻlib xizmat qiladi. Biz barchamiz bu judolikdan chuqur qaygʻudamiz va hamkasbimizni doimo yodda tutamiz", — deydi Zulfiqor Musoqov.

Baxtiyor Qosimov 1953 yilda Toshkent shahrida rejisser va akter Nigmat Qosimov oilasida tugʻilgan. Ijodi davomida aktyor 40dan ortiq filmlarda rol oʻynagan. U “Zarb”, “Uchar otlar”, “Gumrohlar”, “Arosat”, “Uqubat”  va boshqa oʻnlab filmlarda oʻynagan rollari bilan tomoshabinga yaxshi tanish. 2013 yilda “Bogʻ” filmida oʻynagan roli uchun Baxtiyor Qosimov “Oltin gepard” mukofotiga sazovor boʻlgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala