Siyosat

Abdulaziz Kamilov Qozogʻistonning yangi elchisini qabul qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaOʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qozogʻiston elchisi Yerik Utembayev bilana
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qozogʻiston elchisi Yerik Utembayev bilana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 7 aprel kuni Qozogʻiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozogʻistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati..

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, elchi vazirga ishonch yorligʻining nusxasini topshirdi.

"Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi. Davlatlararo aloqalarning barcha sohalaridagi bosqichma-bosqich va izchil rivojlanishi Oʻzbekiston-Qozogʻiston oliy darajadagi muntazam muloqotiga asoslanishi taʼkidlandi", — deyiladi xabar matnida.

Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2015 yil yakunlariga koʻra oʻzaro savdo aylanmasi 3 mlrd AQSH dollaridan oshganligini koʻrsatdi. Tomonlar transport, kommunikatsiya va tranzit sohasida yaqindan hamkorlik qilishadi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlarining ruhiy yaqinligi va koʻp asrlik tarixiga asoslangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalari ikki tomon kun tartibida muhim oʻrin tutadi.

Shuningdek, uchrashuvda boʻlajak ikki tomonlama siyosiy uchrashuvlarning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala