Jamiyat

Sputnik Minskda yangi matbuot markazi ochdi

© Sputnik / Viktor TolochkoSputnik Minske multimedia markaz ochdi
Sputnik Minske multimedia markaz ochdi - Sputnik Oʻzbekiston
Markaz ochilish marosimida Moskva va Minsk orsida videokoʻprik tashkil qilindi. Belorussiya Axborot vaziri loyihaning Belorussiya va Rossiya foydasiga ishlashida muvaffaqiyat tiladi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi va radio Minskda  multimedia matbuot markazi ochdi. Ochilish marosimi Belorussiya va Rossiyaning strategik hamkorlik haqidagi birinchi shartnoma tuzilganinining 20 yilligi arafasida boʻlib oʻtdi.

Marosimda Belorussiya Axborot vaziri Liliya Ananich, Rossiyaning Belorussiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Surikov va “Rossiya segodnya” mediaguruhining bosh direktori Dmitriy Kiselev qatnashdi.   

Uchrashuvning bosh mavzusi bu ikki mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilmiy, taʼlim va sport sohalaridagi eng muhim voqealarni keng yoritish masalalari boʻldi.

“Haqiqatda bu Moskva va Minsk orasida strategik axborot koʻprigi qurish degani. Sputnik yangi va zamonaviy matbuot markazi ochishi bilan yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu Belorussiya poytaxtini dunyoning bir necha mamlakatlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻladi, chunki Sputnik vakolatxonalari dunyoning bir necha oʻnlab mamlakatlarida bor”, — dedi Dmitriy Kiselev.  

Minskda joylashgan Sputnik multimedia markazi – bu yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy axborot maydonchasi boʻlib, turli tadbirlar oʻtkazish imkonini beradi. Toʻgʻridan toʻgʻri televizion translyatsiyalardan tortib, dunyoning bir necha mamlakatlari bilan videokoʻpriklar oʻrnatishgacha. 40 kishiga moʻljallangan shinam va qulay matbuot zali, axborotni qabul qilishga va uzatishga, wi-fi orqali, moʻljallangan infraqurilma, sinxron tarjima tizimi mehmonlar va jurnalistlar ixtiyorida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala