Dunyoda

Yevroosiyo ittifoqi yagona valyutaga oʻtishi mumkin

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishYEOII aʼzo davlatlar bayrogʻi
YEOII aʼzo davlatlar bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Armaniston milliy kengashi deputati Grant Bagratyan ham yagona valyuta kiritilishi zarurligi haqida soʻz ochdi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yagona valyuta kiritilishi masalasini qisqa fursatda koʻrib chiqish kerak, deb bayonot qildi juma kuni Qirgʻiziston hukumati rahbari oʻrinbosari Ali Karashev “Yevroosiyo iqtisodiy istiqbollari” forumida.

"Iloji boricha qisqa fursat ichida valyutani tartibga solish masalasini koʻrib chiqishimiz lozim. Jumladan, tashkilot doirasida hamkorlikdagi savdo-sotiqni amalga oshirish va bojxona tartibotlarini yoʻlga qoʻyish uchun YEOIIda yagona valyuta kiritish masalasini oʻylab koʻrish kerak", — deb taʼkidladi u.

Armaniston milliy kengashi deputati Grant Bagratyan ham yagona valyuta kiritilishi zarurati haqida bayonot qildi. "Valyutalar masalasi juda dolzarb, bu masala 2025 yilga qadar qoldirilishi mumkin, deb oʻylamayman", — dedi u. Armaniston respublikasi vakili fikriga koʻra, ushbu masala oʻz yechimini topmayotgani “YEOIIga aʼzo mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga jiddiy toʻsiq boʻlishi mumkin”, chunki dollar evaziga savdoni amalga oshirish ushbu valyutani “chetdan” olishni nazarda tutadi.
Eslatib oʻtamiz, YEOIIga aʼzo davlatlar oʻz hududlarida mahsulotlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchining erkin harakatlanishi, iqtisodiyotning energetika, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, transport kabi muhim sohalarida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirishni kafolatlaydilar.

Bugungi kunda ushbu tashkilotga Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala