Iqtisod

Oʻzbekistonda meva-sabzavot eksporti bilan shugʻullanuvchi yangi muassasa tashkil etildi

© Sputnik / Oleg Makarov / Fotobankka oʻtishOlma va uzum
Olma va uzum - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi tashkilot faoliyati Respublika eksport imkoniyatlaridan samarli foydalanishga va zamonaviy savdo-logistik infraqurilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. “Oʻzagroeksport” chet el savdo tashkiloti “Oʻzbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi tarkibida yaratilgan boʻlib, deyilgan OʻZbekiston prezidenti Islom Karimovning qarorida.

Yangi korxona Oʻzbekiston eksport potentsiali samaradorligini oshirishga va zamonaviy savdo-logistik infraqurilmasini rivojlantirishga qaratilgan, deyilgan rasmiy hujjatda. Qarorda Oʻzbekistonda har yili oʻtkaziladigan meva-sabzavot yarmarkasi tashkil  qilish rejalashtirilgan. U yerda eksport shartnomalari imzolash koʻzda tutilgan.

Hujjatda koʻrsatilishicha, 1 maydan boshlab eksport qiluvchi korxonalar, jumladan kichik korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, meva va sabzavotlar eksporti evaziga olingan valyutaning 50% ni davlatga sotishi kerak,

“Oʻzbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari Assotsiatsiyasi asosida Fevral oxirida tashkil qilingan edi. Xolding tarkibiga oziq-ovqat, yogʻ mahsulotlari, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 176 korxona kirdi.   

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala