Siyosat

Qirgʻiziston bosh vaziri Temir Sariyev isteʼfoga chiqdi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishQirgʻiziston bosh vaziri Temir Sariyev
Qirgʻiziston bosh vaziri Temir Sariyev - Sputnik Oʻzbekiston
Bunga sabab, Qirgʻizistonda avtomobil yoʻllarini qayta qurish tenderi bilan bogʻliq mojaroda Transport va kommunikatsiyalar vaziri Bosh vazir atrofidagi shaxslarni ayblagani boʻldi. Ushbu ayblov tafsilotlari Davlat Korruptsiyaga qarshi xizmati tomonidan oʻrganilmoqda.

TOSHKENT,11 apr — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri  Temir Sariyev isteʼfoga chiqd. Oʻzining ushbu qarori haqida u hukumat majlisida va jurnalistlar oldida eʼlon qildi.

Sariyev Vazirlar Mahkamasini oʻtgan yilning 2 mayidan boshlab boshchilik qilib kelmoqda.

“Men isteʼfoga chiqmoqdaman. Prezident bundan xabardor. Bu vaziyatni barqarorlishtirishi kerak. Ushbu lavozim mojaroga sabab boʻlmasligi kerak”, — dedi Sariyev.   

Deputatlar komissiyasi shanba kuni Qirgʻiziston Jogorku Keneshiga mamlakat hukumatiga  “ishonchsizlik” bildirishni taklif qilgan edi. Buning sababi Balыkchi — Korumdu yoʻlini taʼmirlash vaqtida yoʻl qoʻyilgan “qoidabuzarliklar” boʻlgan.

Tenderni oʻrganib chiqqan komissiya va Transport vaziri Argыnbek Malabayev qoidabuzarliklarda uning oʻrinbosari Ulan Uyezbayev va bosh vazir Sariyevga yaqin boʻlgan kishilar aybdor deb eʼlon qilishdi. Komissiya fikriga koʻra, ular tenderda gʻolib chiqqan Xitoy kompaniyasiga xayrxox boʻlishgan. Shundan keyin komissiyaning bir necha aʼzolari bosh vazirning isteʼfosini talab qila boshladi.

Parlament koalitsiyasi raisi Chыnыnbay Tursenbekov "madaniyatli mamlakatlarda, bunday holatlarda, odatda, bosh vazir isteʼfoga chiqadi" degandi.

"Yakshanba kuni bosh vazir Timur Sariyev oʻzining facebook dagi sahifasida komissiyaning ushbu xulosasi boʻyicha oʻz fikrini bildirgan edi va prezidentga transport vazirini ishdan boʻshatishni taklif qilgan edi.

Almazbek Atambayev, ushbu voqeadan keyin, Davlat Korruptsiyaga qarshi xizmatidan deputatlar komissiyasi ishini qaytadan tekshirib chiqishni talab qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala