Yemoqning - qusmog‘i ham bor

© SputnikO‘zbek so‘mi
O‘zbek so‘mi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida futbol rivojlanishiga ajratilgan bir necha milliard so‘mni yeb yuborgan amaldorlar javobgarlikka tortildi. Ulardan biri 7-yil, ikkinchisi 5,5 yilga qamaldi.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Jizzax sudi uch nafar sportni rivojlantirishga javobgar bo‘lgan shaxslarni qamoqqa olish haqida bo‘yruq chiqardi. Ular uzoq vaqt davomida davlat budjetini o‘z maqsadlari yo‘liga xarajat qilib kelgan. Bu haqda  Sputnik muxbiriga huquqni saqlash organlari vakili xabar berdi.

O‘zbekiston futbolni qo‘llab quvvatlash fondi Jizzax viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Baxtiyor G‘ofurov, Jizzax viloyati Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Ergash O‘rinov va soha mutaxassisi Sahobjon Xo‘jayevladan tashkil topgan jinoiy guruh olti yil avval birgalikda o‘z faoliyatini boshlagan.  

“Sport sohasi amaldorlari davlat budjeti va homiylar mablag‘ini o‘marishning turli yo‘llarini o‘ylab topishgan. G‘ofurov boshchiligidagi fond 2010-2011 yillarda homiylardan 714 million so‘mdan ziyod mablag‘ olgan. Uddaburon boshliq uchinchi tomonlar bilan soxta shartnomalar tuzgan, soxta murabbiylarga to‘lovlar o‘tkazgan va shu tariqa 635 million so‘mni o‘zlashtirib olgan. Xuddi shunday usul 2012-yilda ham ishlatilgan va 289 million so‘m o‘g‘irlangan”, — dedi suhbatdosh.      

Huquqni saqlash organlari vakillarining so‘zlariga qaraganda, Baxtiyor G‘ofurov 2012-2014 yillarda Jizzax Elektrtarmoqlari tomonidan viloyatda futbolni rivojlantirish uchun ajratilgan 388 millon so‘mni va boshqa homiylarning 786 million so‘mini o‘g‘irlagan.

2014 yilda o‘marish tizimiga Ergash O‘rinov qo‘shilgan. U futbolni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lardan 135 mln so‘mni o‘g‘irlagan. Shu qatorda O‘rinov 2010 —2014 yillar davomida 43 milliondan ziyod mablag‘ o‘g‘irlagan.

“Jinoiy yo‘llar bilan topilgan pullarni firibgarlar savdo nuqtalarida naqd pulga aylantirib o‘zaro bo‘lib olishgan. Ular hatto mavjud bo‘lmagan “Oltin to‘p” futbol federatsiyasiga 11,8 million so‘m miqdorida “yordam ko‘rsatishgan"”, — dedi huquqni saqlash organlari vakili.

Sud har bir jinoyatchini qilgan jinoyatining og‘irligiga qarab jazo berdi. G‘ofurovni 7-yilga, O‘rinovni 5-yilga ozodlikdan  mahrum qildi. Xo‘jayev bo‘lsa amnistiyaga tufayli ozod qilindi.  

Yangiliklar lentasi
0