Iqtisod

Oʻzbekiston va Yaponiya 8 milliard dollarlik loyiha ustida ish olib bormoqda

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishYaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiya Oʻzbekistondagi eng yirik sarmoyadorlardan biri hisoblanadi.

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik.  Oʻzbekiston va Yaponiya kompaniyalari umumiy qiymati 8 milliard dollarlik loyihalar ustida ish olib borishmoqda, deb xabar qildi seshanba kuni Mitsubishi Corporation korporatsiyasining katta ijrochi vitse-prezidenti Xideto Nakaxara.

"Oʻzbekiston va Yaponiya kompaniyalari umumiy qiymati 8 milliard dollardan oshadigan yangi investitsiya loyihalari ustida ish olib bormoqda”, — deb xabar qildi Nakaxara Toshkent shahrida oʻtgan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-yapon qoʻmitasi kengashida.

Qoʻmita kengashi davomida tomonlar Yaponiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi neftgaz, kimyo va elektrotexnika, avtomobil qurilishi, telekommunikatsiyalar sohalarida ishtiroki variantlarini koʻrib chiqdilar.
"Oʻzbekiston tomon Yaponiya kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar hayotga tatbiq etilishi uchun har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, ular faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyor”, — deb xabar qildi oʻz navbatida qoʻmita raisdoshi, Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov.
Yaponiya Oʻzbekistondagi eng yirik sarmoyadorlardan biri hisoblanadi. Yaponiya Oʻzbekiston iqtisodiyatiga 2,3 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala