Dunyoda

AQSH Senatorlari 11 sentyabr teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishNyu-Yorkda terakt sodir boʻlgan maydon
Nyu-Yorkda terakt sodir boʻlgan maydon - Sputnik Oʻzbekiston
2001 yilning 11 sentyabrida Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan mudhish teraktlarning navbatdagi aybdori topildi. AQSH Senatorlari ushbu teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda. Bunga asos maxfiy hisobotning eʼlon qilinishi boʻlgan.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Nyu York shtati senatori Kirsten Djillibrand va sobiq senator Bob Grem prezident Barak Obamadan 11 sentyabr teraktlari haqidagi hisobotning maxfiy qismini eʼlon qilishni talab qilmoqda, RIA Novosti Independent xabari asosida.

Hisobot kongress partiyalari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tuzilgan boʻlib 800 varaqdan iborat. 2003 yilda hisobot eʼlon qilinganda uning 28 varaqdan tashkil topgan oxirgi boʻlimi – maxfiylashtirilgan boʻlib keng ommaga xabar qilinmagan edi.

Komissiya raisi oʻrinbosari boʻlgan Bob Grem, yaqinda CBS News telekanaliga bergan intervyusida ushbu teraktlarga Saudiya Arabistoni aloqador ekanligini taʼkidladi. Ushbu maʼlumotni sobiq kongressmen Tim Remer va sobiq senator Bob Kerri ham tasdiqlashdi.

Gremning soʻzlariga qaraganda, hisobotda Saudiya Arabistonidan kelgan terrorchilarga kim yordam bergani aytilgan.

Xabar berilishicha, boʻlajak terrorchilar AQSH hududiga kelganda til bilmagan va uchuvchilik malakasiga ham ega boʻlmagan. Ularni Saudiya Arabistonining agenti boʻlgan Omara al-Bayumi pul bilan taʼminlagan va uchuvchilik maktabiga oʻqishga yuborgan. Grem aytishiga qaraganda, ularga asosan Saudiya Arabistoni hukumati, mamalkatning boy badavlat fuqarolari va xayriya fondlari yordam bergan.

“Saudiyaliklarning 11 sentyabr teraktida aybdorligini isbotlovchi dalillar orasida ushbu 28 varaq maxfiy hujjatlardan boshqa omillar ham bor”, — dedi Grem FoxNews telekanali efirida.

Barak Obamadan oldin ham, hisobotning 28 varaq maxfiy qismini eʼlon qilishni bir necha bor talab qilishgan edi. Senator Jillibrand prezdent 21 aprelda Saudiya Arabistoniga boʻlajak tashrifidan oldin ushbu ishni amalga oshirishi shart, deb oʻylaydi.   

“Bu maqsadga muvofiq boʻlgan boʻlardi, chunki prezident Saudiya Arbistoni rahbariyati bilan hisobotda keltirilgan masalalarni muhokama qilish imkoniga ega boʻlardi”, — dedi Jillibrand CBS News telekanaliga. 

Nyu Yorkda egizak binolar oʻrnida qurilish - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH sudi 11 sentyabr teraktlari uchun Erondan 10 mlrd $ talab qilmoqda

Ar-riyod boʻlsa ushbu maʼlumotlarni “afsonalar quramasi” dedi.

Eslatib oʻtamiz, 2001 yilning 11 sentyabrida AQShda bir necha teraktlar sodir boʻlgan edi. Terrorchilar toʻrt samolyotni egallab olib ularning ikkitasini Nyu Yorkdagi Umumjahon Savdo markazi binosiga yoʻnaltirgan. Bittasi Pentagonga va yana bittasi dalada qulab tushgan.

Terakt qurbonlari soni 2977 kishini tashkil qilgan. Rasmiy xabarlarga koʻra, terakt ortida “Al-qoida” terorchilik tashkiloti turibdi deyilgan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala