Toshkentda 12 va 26 tramvay yo‘nalishlari yopildi

© Sputnik / StringerToshkent tramvayi
Toshkent tramvayi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 12 va 26 yo‘nalishlar bo‘yicha tramvaylar harakati to‘xtatildi. Bu haqida mart oyining olxirida e’lon qilingandi.

 

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda “Beshqayrog‘och” dahasidan “Beruniy” metrosigacha yuradigan 12 – yo‘nalish bo‘yicha va “Qo‘yliq-6” dan “Toshkent” vokzaligacha yuradigan 26 – yo‘nalish bo‘yicha tramvaylar harakati to‘xtatildi, Gazeta.uz "Toshkent tramvayi" korxonasi xabari asosida.

Hozirgi kunda Toshkentda tramvaylar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha yurmoqda: №8 — "Beshqayrog‘och" mavzesidan "Oqtepa" maydonigacha, №9 — "Toshkent" vokzalidan "Chilanzar-26" massivigacha, №13 — "Toshkent" vokzalidan "Qo‘yliq markaz"gacha va №17 — "Beshqayrog‘och" massividan "Ippodrom"gacha.

Shu yilning avgust oyigacha tramvay yo‘llari olib tashlanishi kerak, dedi shahar hokimi Rahmonbek Usmonov. Tramvaylar o‘rniga ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar yurishiga qaramasdan, shahar aholisining ko‘pchilligi tarsmvaydan voz kechish qaroriga qarshi.

 

Yangiliklar lentasi
0