Video

Rossiya FXX Sankt-Peterburgda ID jangarisini qoʻlga oldi

FXX xodimlari Sankt-Peterburgda “Islom davlati” bilan aloqada boʻlgan Rossiya fuqarosini qoʻlga oldi. Dastlabki xabarlarga koʻra, qoʻlga olingan kishi Suriyadagi ID jangovor lagerida maxsus tayorgarlikdan oʻtgan.

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati boʻyicha Federal Xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari viloyat xonadonlarning birida Suriyadagi “Islom davlati” jangarilar tayorlash lagerida maxsus tayorgarlikdan oʻtgan kishini qoʻlga oldi. U 28 yoshli Dogʻistonlik boʻlib chiqdi.

“Qoʻlga olingan Rossiya fuqarosi oldin Suriya Arab respublikasida “Islom davlatining” jangarilar tayorlov lagerida terrorchilik faoliyati boʻyicha maxsus tayorgarlikdan oʻtgan”, — deyilgan FXX Boshqarmasi xabarida.

Qoʻlga olingan shaxsga bir umrlik qamoq jazosi berilishi mumkin.

 

Maxsus xizmat oldin bergan xabariga koʻra, Suriya va Iroqdagi terrorchi tashkilotlarga aloqador boʻlgan 2,9 ming rossiyaliklar aniqlangan. Ularadan 198 kishi chet elda janglar davomida yoʻq qilingan, 214 kishi Rossiyaga qaytib kelgan va hozir huquqni saqlash organlari tomonidan “qattiq nazorat ostiga olingan”.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala