Nazarboyevning Toshkentga tashrifi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishNursulton Nazarboyev, Islom Karimov
Nursulton Nazarboyev, Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mintaqadagi iqtisodiy sustlik, Afg‘onistondagi toliblar muammosi, bo‘lajak ShHT sammiti va o‘zbek-qirg‘iz munosabatlaridagi inqiroz masalalari muhokama qilinadi, deb fikr bildirmoqda siyosatshunos Andrey Grozin.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2016-yilning 14-15 aprel kunlarida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar berilgan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.
"Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiladilar", deyiladi xabarda.
Bndan oldinroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 11-15 aprel kunlari Eron, Turkiya va O‘zbekiston bo‘ylab tashriflarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0